Xush Kelibsiz

O'zbekiston Respublikasi Kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi

Sanator-kurortlar boshqarmasiga qarashli

"Qashqadaryo sohili sanatoriyasi" MCHJ xaqida qisqacha ma'lumot.

         Salomatlik insonga tabiat tomonidan ato etilgan xayotdan keyingi ikkinchi urinda turadigan eng bebaxo tuxfadur. Ko'pchilik uz salomatligini uni yuqotgandan keyin qadriga  yeta  boshlaydi. Sog'liqni saqlash, extiyot qilish, badanni chiniqtirish lozim. Buning eng yaxshi usuli, kasallik xali boshlanmay turib uni oldini olish, unga qarshi kurashish kerak. Xayot tarzini uzgartirish, odatiy muxitdan chiqish, iqlimni o'zgartirish, xavo almashtirish, qulay shart-sharoitni uziyok sizga ijobiy ta'sir qila boshlaydi. Sanatoriyaning "Qashqadaryo" daryosining sohilida joylashganligi, daryo suvining 40 % kislorodga tuyingani, mikroelementlarga boy bulganligi, daryo suvining xavodagi doimiy ionizatsiyasi va yoz oylarida daryoda cho'milish organizmni chiniqtirishda, asablarni tinchlantirishda, davolashda juda katta omil bulib kelmoqda. Iqlimi kontinental, yozi issiq, bir yilda 300 kundan ortiqroq quyoshli kunlar yoki kuyoshning yil buyi turishi 3200 soatdan yuqori bo'lib, eng issiq vaqt yozning iyul oyida urtacha +32+35ᵒC daraja issiq, xavoning nisbiy namligi -48 % , qishi mo'tadil, yanvar oyida urtacha -0,-2ᵒC dan+2,-2ᵒC daraja issiq bo'lib, iqlim ta'sirida organizmning kislorodga tuyinishi va organizmdagi ortiqcha suyuqlikning nafas va teri orqali ajralib chiqishi, moddalar almashinuvi jarayonini tezlashishi, yil davomida yurak va qon tomir kasalliklari, buyrak va siydik chiqarish organlari kasalliklari va boshqa kasalliklarda ijobiy ta'sir qiladi.  yurak qon-tomir sistemangizda, asab tizimingizda, ovqat xazm qilish sistemangizda, siydik chiqaruv sistemangizda, ginekologik, tayanch-xarakat sistemangizda va endokrinologik kasalliklari bor deb xisoblasangiz yoki ushbu kasalliklarga tekshirtirmoqchi bulsangiz Ultratovush tekshiruvi, kampyuterli EKG, bioximik, klinik laborator tekshiruvlari va kardiolog, nevropatolog, ginekolog, stomatolog, terapevt, fizioterapevt tekshiruvlari sizning xizmatingizda. Davolanishga uzingizda xoxish sezdingizmi unda past va yuqori chastotali toklar bilan davolash, lazeroterapiya, gelioterapiya, davolash jismoniy mashqlari, terenkur, uqalash, psixoterapiya, iglorefleksoterapiya, parafin-azokerit, ma'danli bachiq, suv muolajalari (suv ostida tortish, marjonli vanna, giyoxli vanna, suv ostida umurtqalarni tortish, ma'danli vannalar, suv ostida massaj), fito choylar, parxezli taomlar siz uchun.

BIZNING MANZIL

  • Manzil : Qarshi shahar Mirzayev ko'chasi 12a uy
  • Email : sihatgoh_sohili@mail.ru
  • Tel : +998752261291
  • Fax : +998955059498
На ДжуМиксе есть все для Joomla 3.4.
We use cookies to improve our website. Cookies used for the essential operation of this site have already been set. For more information visit our Cookie policy. I accept cookies from this site.Agree